TARIXIY SHAXSLARDAN BIRI MUHAMMAD RAHIMXONNING HAYOTI VA DAVLAT BOSHQARUVI.
Abstract
G'ayratli va qattiqqo'l siyosatchilardan sanalmish Muhammad Rahimxon I arab, fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar oʻtkazib turgan. Eltuzarxon davrida boshlangan „Firdavs-ul-iqbol“ asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan. 1813-yil Munisga „Ravzat-us safo“ asarini tarjimasini topshirgan. Mamlakatda bir qancha kanallar qazdirib obodonlashtirishga eʼtibor bergan. Arkda zarbxona tashkil qilib, oltin va kumush tangalar chiqargan. Muhammad Rahimxon I davrida ichkilik va bangilik taʼqiqlangan. Muhammad Rahimxon Pahlavon Mahmud maqbarasini qaytadan qurdirgan.
References
1. Munis, Firdavs-ul-iqbol. T.1952.
2. Muhammad Yusuf Bayoniy, Shajarayi Xorazmshohiy T. 1964. 3.Yoʻldoshev M. Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi. T. 1959.
4. Gulyamov Ya. G.Pamyatniki XivaT. 1941;
5.Azamat Ziyo.O'zbek davlatchiligi tarixi.Toshkent.2001. 6.Munis, Firdavs-ul-iqbol, T.1952;
7.Muhammad Yusuf Bayoniy, Shajarayi Xorazmshohiy, T. 1964