ASSOTSIATIV BIRLIKLARNING O‘ZARO ALOQASIDA ULARNING PARADIGMATIK VA SINTAGMATIK MUNOSABATI
Abstract
Assotsiativ birliklarning o‘zaro aloqasida ularning paradigmatik va sintagmatik munosabati muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, badiiy matndan o‘rin olgan birliklar matn mavzusi doirasida birlashib, voqelik fragmentini tasvirlashga qaratilgan hamda ijodkorning tasvir obyekti bo‘yicha tasavvurlari, qarashlarini aks ettiruvchi assotsiativ birliklardan tashkil topadi. Bunday birliklar matn tarkibida sintagmatik va paradigmatik aloqaga kirishib, uning yaxlitligini ta’minlaydi. Biror mavzu doirasidagi so‘zlarning o‘xshash, yondoshlik belgisi asosida matn tarkibida birlashuvi ularning paradigmatik munosabatiga asoslansa, bu birliklarning o‘zaro grammatik jihatdan bog‘lanib, matn sintaktik strukturasiga asos solishi sintagmatik munosabatiga ko‘ra amalga oshadi. Aytish mumkinki, matn tarkibidagi hech bir birlik matndagi boshqa birliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi. U o‘zining haqiqiy mohiyatini matndagi boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan munosabatida namoyon qiladi.
References
1. Лутфуллаева Д. Ассоциатив тилшунослик назарияси. – Тошкент: Meriyus, 2017. – 140 б.
2. Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996.
3. Постовалова В.И. Картина мира в жизнедеятельности человека // Роль человеческого фактора в языке: Язык и картина мира. – М., 1988. – С.55.
4. Серебренников Б. А. Роль человеческого фактора в языке: язык и картина мира. – М., 1988. – С.179. (– 212 с.)
5. Тырышкина Е.А. Ассоциативное поле как элемент поэтической картины мира В. Набокова: Дисс. … канд. филол. наук. – Новосибирск, 2002. – С. 22.
6. Хайдеггер М. Время картины мира // Хайдеггер М. Время и бытие: статьи и выступления / Пер. с нем.; комм. В.В. Бибихина. – М.: Республика, 1993. – С. 49. (– С. 41-63.)
7. Худойберганова Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талқини: Филол. фан. д-ри … дисс. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2015. – Б. 36.