MATNNING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI VA ULARNI DISKURS TAHLILIDA QO‘LLASH

Authors

  • Baymuradova Laylo Qaxramonovna Author

Abstract

Ushbu maqola zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matn va diskurs tahliliga lingvopragmatik yondashuvni yoritishga bag‘ishlangan. Til birliklarining kommunikativ kontekstdagi o‘zaro ta’siri, ularning muayyan ijtimoiy, madaniy va psixologik omillar asosida shakllanishi, shuningdek, ma’no yaratishdagi vositachilik roli tahlil markazida turadi. Lingvopragmatik yondashuv orqali matn tarkibidagi yashirin, konnotativ va implicativ ma’nolar aniqlanadi, nutq egasining maqsad va strategiyalari ochib beriladi. Ayniqsa, zamonaviy diskurs janrlarida — ommaviy axborot vositalari, siyosiy nutq, kundalik muloqot, ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar misolida — pragmatik ko‘rsatkichlarning o‘rni va funksional yuki ko‘rib chiqiladi. Maqolada diskursni tahlil qilishda presuppozitsiya, deixis, implicatura, nutq aktlari va kommunikativ strategiyalar kabi lingvopragmatik tushunchalar asosida izohlangan model taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik nazariyasi va amaliyotida, ayniqsa kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda, til o‘rgatishda va tarjima jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin.

References

1. T.A. Zunnunova. Matn lingvistikasi va diskurs tahlili asoslari. – Toshkent: TDPU, 2022.

2. Brown, G. & Yule, G. Discourse Analysis. – Cambridge: CUP, 1983.

3. Levinson, S.C. Pragmatics. – Cambridge University Press, 1983.

4. Yuldoshev, A. Nutq madaniyati va kommunikativ strategiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

5. Wodak, R., & Meyer, M. Methods of Critical Discourse Analysis. – London: SAGE, 2001.

Downloads

Published

2025-10-19