NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA ISTISNO MUNOSABATINING IFODALANISHI: NUR DASS, AUSSER DASS, AUSSER WENN VA ES SEI DENN KONSTRUKSIYALARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Xasanov Ramish Samatovich Author

Abstract

Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillarida istisno hamda cheklash munosabatlarining sintaktik-semantik ifodalanishi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy materialini nemis tilidagi nur dass, außer dass, außer wenn va es sei denn (dass) konstruksiyalari tashkil etadi. Ushbu birliklar nemis tilida muayyan fikr, holat yoki hukmning amal qilish doirasini cheklash, undan muayyan holatni istisno qilish yoki umumiy qoidaning bajarilmaydigan shartini ko‘rsatish vazifalarini bajaradi. Tadqiqotda mazkur konstruksiyalarning sintaktik tuzilishi, semantik xususiyatlari, gapdagi pozitsiyasi va o‘zbek tilidagi funksional muqobillari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, nemis tilida istisno munosabati maxsus konnektor konstruksiyalari orqali nisbatan aniq grammatiklashgan holda ifodalansa, o‘zbek tilida ushbu ma’no turli leksik, morfologik va sintaktik vositalarning kombinatsiyasi orqali yuzaga keladi. Shuningdek, außer wenn va es sei denn o‘rtasidagi shartli-istisno munosabati hamda außer dass va nur dass o‘rtasidagi semantik farqlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari nemis-o‘zbek tarjima amaliyoti va nemis tilini o‘zbek auditoriyasiga o‘qitish uchun muhim nazariy-amaliy ahamiyatga ega.

References

1.Duden. Die Grammatik. Unentbehrlich für richtiges Deutsch. Herausgegeben von der Dudenredaktion. 8., überarbeitete Auflage. Band 4. Mannheim, Wien, Zürich: Dudenverlag, 2009. 621–624 S.

2.Engel, U. Deutsche Grammatik. Neubearbeitung. München: Iudicium Verlag, 2009. 741–748 S.

3.Jung, W. Grammatik der deutschen Sprache. Leipzig: VEB Bibliographisches Institut, 1968. 518 S.

4.Häuser-Suida, U., Hoppe-Beugel, G. Die Vergangenheitstempora in der deutschen geschriebenen Sprache der Gegenwart. München; Düsseldorf, 1972. 406 S.

5.Helbig G., Buscha J. Deutsche Grammatik. Ein Handbuch für den Ausländerunterricht. Leipzig, Berlin, München: Langenscheidt, 19. Auflage, 1996. 445–453 S.

6.Helbig, G., Buscha, J. Leitfaden der deutschen Grammatik. Berlin, München, Wien, Zürich, New York: Langenscheidt, 2000. 189–195 S.

Downloads

Published

2026-09-17