ERKIN A’ZAM ASARLARIDA EMOTSIONALLIKNING LINGVOPOETIK TADQIQI

Authors

  • Toshxujayeva Shoiraxon G’aniyevna Author

Abstract

So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Bunday gaplar, odatda, nutqning ta’sirchanligini oshirish, so’zlovchining ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari va munosabatini ifodalashda muhim uslubiy vosita hisoblanadi. S.G’oyibov fikricha,  “Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bo’lgan leksika emotsional-ekspressiv bo’yoqdor leksika, stilistik bo’yoqdor leksika, ekspressiv-stilistik leksika terminlari ostida o’rganilmoqda. Bunday atash, umuman olganda, obyektiv haqiqatga mos keladi, chunki bu xil atamalar bu tip leksikaning eng muhim jihatini – emotsional-ekspressiv baho elementiga ega ekanligini nazarda tutadi.”[1]

 

[1] Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент: Фан, 1981. – Б.160.

Downloads

Published

2026-06-24