KOREYS TILINI O‘RGANISHDA O‘QIB TUSHINISH KO‘NIKMASI VA SO‘Z BOYLIGI O‘RTASIDAGI INTEGRATIV MUNOSABAT
Abstract
Ushbu maqolada koreys tilini o‘rganish jarayonida o‘qib tushinish (reading comprehension) ko‘nikmasi va so‘z boyligining o‘zaro uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bunda o‘qish jarayonida sodir bo‘ladigan kognitiv, metakognitiv va psixolingvistik jarayonlar o‘quvchining lug‘aviy rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi yoritiladi. Koreys tilining agglutinativ tuzilishi, murakkab morfologiyasi, kontekstga yuqori darajada bog‘liqligi hamda nutq darajalarining ko‘pligi o‘quvchilar uchun o‘qib tushinishni ham, leksik o‘zlashtirishni ham alohida strategiyalar asosida tashkil etishni talab qilishi ilmiy dalillar bilan asoslanadi. Maqolada shuningdek, kontekstual inferensiya, morfologik tahlil, takroriy o‘qish va semantik tarmoq hosil qilish strategiyalarining o‘quvchi lug‘atini faol rivojlantirishdagi o‘rni amaliy va nazariy nuqtayi nazardan baholanadi.
References
1. Rahmonov D. Psixolingvistika asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
2. Qosimova D., Yo‘ldosheva Sh. Chet tillarni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
3. Sodiqova N. Ikkinchi til sifatida koreys tilini o‘rgatish metodlari. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022.
4. Hasanov B. Leksikologiya va chet tili lug‘aviy kompetensiyasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2018.
5. Abdullayeva M. “O‘qish strategiyalarining ikkinchi tilni o‘rganishdagi o‘rni.” Til va adabiyot ta’limi, 2021, №4, 55–63-betlar.
6. Nazarova U. Leksik boylikni rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020.
7. Boqiyeva G. “Chet tilini o‘qish kompetensiyasini shakllantirishning kognitiv asoslari.” Filologiya masalalari jurnali, 2022, №2, 88–96-betlar.