O‘QITISH JARAYONIDA BILIMNING MOHIYATINI ANGLASHGA YO‘NALTIRILGAN EPISTEMOLOGIK YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Authors

  • Satimboyeva Xurshidaxon Anvarjon qizi Author

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichida bilimlar dunyosining tezkor shakllanishi va rivojlanishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonning asosiy manbalari - bilim va inson kapitalidir. Hozirgi zamon ta’limining asosiy maqsadi - ta’lim mazmunini yangilash, o‘quv jarayonining texnologiyalarini takomillashtirish, zamon talablariga javob bera oladigan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega, muvaffaqiyatli avlodni tarbiyalash, motivatsiyalangan, kompetent shaxsni shakllantirish hamda shu asosda ta’lim sifatining yangi darajasiga erishishdir [8, 3-bet]. Bu maqsadlarga erishish uchun pedagoglar o‘qitish metodlari jamlanmasini kengaytirmoqdalar. Mazkur maqsadimizni amalga oshirishda  epistemologik yondashuvning muhim ekanliginidan bilib olishimiz mumkin. Olib borgan tadqiqotimizning asosiy maqsadi - “epistemologik yondashuv” tushunchasining mohiyatini tahlil qilishdan iborat. Maqolada epistemologik yondashuvning asosiy tamoyillarini bayon etish, ma’lum metod asosida oliy ta’limda pedagogik fanlarni o‘qitish natijalarini shakllantirish  kabi vazifalar ilgari suriladi

References

1. Babenko O. S., Tarasyuk N. A. Zamonaviy kasbiy xorijiy til ta’limida epistemik yondashuvni amalga oshirish shartlari [Elektron resurs]. URL: https://cyberleninka.ru/article/v/usloviya-realizatsii-epistemicheskogopodhoda-v-sovremennom-professionalnom-inoyazychnom-obrazovanii (murojaat sanasi: 18.04.2019).

2. Bobro T. A. Global ta’lim konsepsiyasi asosida o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish (ingliz tili materiali asosida): ped. fan. nomzodi dissertatsiyasi. Moskva, 2005. – 223 bet.

3. Knyazeva E. N. Biluvchi tana. Epistemologiyadagi yangi yondashuvlar // Yangi dunyo, 2002, № 11. – B. 136–154.

4. Kotova S. K. Davlat ta’lim standartlarini (DTSt) amalga oshirishda tizimli-faoliyatli yondashuv [Elektron resurs] // Kontsept, 2016, T. 19.

URL: https://e-koncept.ru/2016/56247.htm (murojaat sanasi: 18.04.2019).

5. Bezrukov V. S. (tahrir ostida). Ma’naviy madaniyat asoslari: pedagog uchun ensiklopedik lug‘at. Yekaterinburg: Delovaya kniga, 2000. – 937 bet.

6. Haddad W. D., Jurich S. Ta’lim uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: salohiyat va imkoniyatlar. Nyu-York: Educatoria, 2007. – 134 bet.

Downloads

Published

2025-11-30